Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

“Navbahor” mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati tomonidan  kengash deputatining okruglarida olib borilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganildi.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari S.Amanov va T.Gulmatovlar  Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman kengashining 12-“Navbahor” saylov okrugi deputati S.Valiyevaning saylov okrugiga qarashli “Navbahor” mahallasida bo‘ldilar.
O‘rganish jarayonida  Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasidagi ustuvor masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
 Yoshlar bandligi: Mahalladagi ishsiz yoshlarni aniqlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash holati;
"Yoshlar daftari": Daftarga kiritilgan ehtiyojmand yoshlarga ko‘rsatilayotgan tizimli yordamlarning manzilliligi va sifati;
Bo'sh vaqtni mazmunli tashkil etish: Mahallada yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasidagi loyihalar qamrovi tahlil qilindi.
Deputat yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, har bir yoshning muammosiga "xonadonbay" yondashish va mahalla faollari o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish bo‘yicha mas’ullarga aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.