35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning muhim huquqiy kafolati
янв.21
E-Kengash: murojaatlar, qarorlar va so‘rovlar nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“E-Kengash” portali orqali kelib tushayotgan murojaatlar va deputat so‘rovlari qat’iy nazoratda
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Haftalik rejaga muvofiq, deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Deputatlik nazorati: yangi amfiteatr qurilishi
янв.21
Deputati hududdagi muammolarni o‘rgandi.
янв.21
Hamkorlik va deputatlik nazorati yanada kuchaytirilmoqda
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 22-Gulzor saylov okrugidan saylangan deputat E.Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev tumandagi 40-son oilaviy poliklinikaga tashrif buyurib, "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (1996-yil 29-avgust, 265-I-son) ijrosini o‘rganish yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida o‘rganish olib bordilar.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, tibbiyot xodimlarining faoliyati, profilaktik tibbiy ko‘riklarni tashkil etish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyaning 9-bandi — bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati yuzasidan ham o‘rganish o‘tkazildi. Unda muassasada mavjud dori vositalari zaxirasi, ularning aholiga belgilangan tartibda va o‘z vaqtida yetkazib berilishi, hisobini yuritish hamda dori-darmon ta’minotidagi mavjud holat tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash, bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3