Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati I.Fayzullayev tomonidan "Saodat" saylov okrugi hududidagi S.Abdulla mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti huquqshunosi M.Toshboltayeva tomonidan amaliy-uslubiy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, oilaviy muammolarni hal etish hamda ehtiyojmand xotin-qizlar bilan manzilli ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda davlat dasturlari doirasida yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligini yanada oshirish, murojaatlar bilan ishlash sifatini yaxshilash hamda mavjud muammolarni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4