Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

MAHALLADA XOTIN-QIZLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Oʻrganish davomida "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar hamda ularga koʻrsatilayotgan amaliy yordam tahlil qilindi.

Jumladan:
ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlash boʻyicha ishlar olib borilgan;
4 nafar xotin-qizga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun imtiyozli kredit ajratilgan;
3 nafar xotin-qizning uy-joyini taʼmirlash boʻyicha amaliy yordam koʻrsatilgan;
13 nafar xotin-qizga psixologik yordam koʻrsatilgan;
11 nafar davolanishga muhtoj xotin-qiz tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan;
12 nafar xotin-qizning huquqiy masalalar boʻyicha murojaatlari bilan ishlash choralari koʻrilgan.

Oʻrganish yakunida aniqlangan muammo va takliflar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralarni belgilash boʻyicha tavsiyalar berildi.

Xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va muammolarini tizimli hal etish doimiy eʼtibordagi ustuvor vazifalardan biridir.