Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

📌 Xalq deputatlari Kengashi nima?

📊 Asosiy tushunchalar:
▪️ Kengash — aholi manfaatlarini ifodalovchi va qaror qabul qiluvchi jamoaviy organ
▪️ Barcha muhim qarorlar ovoz berish orqali qabul qilinadi
▪️ Deputatlar belgilangan muddat — 5 yilga saylanadi
▪️ Deputatlikka nomzodlar siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatiladi

👥 Deputatlar soni:
▪️ Viloyat Kengashi — 60 nafargacha deputat
▪️ Tuman va shahar Kengashlari — 30 nafargacha deputat

📌 Qo‘shimcha ma’lumot:
▪️ Deputatlar o‘z siyosiy partiyalari doirasida fraksiyalar tashkil etadi
▪️ Ular aholi muammolarini ko‘tarish va yechim topishda ishtirok etadi
▪️ Kengash qarorlari mahalliy ijro organlari faoliyatiga ta’sir qiladi

📍 Xulosa:
Xalq deputatlari Kengashi — bu xalq va davlat o‘rtasidagi muhim bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib, hudud rivoji uchun xizmat qiladi.