Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan biriktirilgan saylov okruglarida deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha amaliy o‘rganishlar tashkil etilmoqda.
💬Jadvalga muvofiq, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov 21-Jo‘yjangal saylov okrugidan saylangan deputat G.Xudaykulova okrugiga qarashli "Amu sohillari" mahallasida bo‘lib, mahalla "yettiligi" va mas’ul xodimlar faoliyati bilan tanishdilar.
⏺ O‘rganish davomida "Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi"ning 1-yo‘nalishi — mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash holati atroflicha tahlil qilindi. Jumladan:
💬"Yoshlar daftari" bilan ishlash holati;
💬ishsiz yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
💬yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb qilinishi;
💬davlat dasturlari doirasida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanish darajasi hamda tegishli hujjatlar o‘rganildi.
🫥O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar, mavjud muammolar va takliflar umumlashtirilib, Kengash kotibiyatiga kiritiladi hamda navbatdagi sessiya muhokamalarida ko‘rib chiqilishi uchun tegishli takliflar shakllantiriladi.