35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilishning muhim huquqiy kafolati
янв.21
E-Kengash: murojaatlar, qarorlar va so‘rovlar nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi.
янв.21
“E-Kengash” portali orqali kelib tushayotgan murojaatlar va deputat so‘rovlari qat’iy nazoratda
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Haftalik rejaga muvofiq, deputatlik nazorati olib borildi.
янв.21
Deputat aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uyma-uy yurdi.
янв.21
Deputatlik nazorati: yangi amfiteatr qurilishi
янв.21
Deputati hududdagi muammolarni o‘rgandi.
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash va “Dolzarb 90 kun” loyihasi ijrosi o‘rganildi

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash va “Dolzarb 90 kun” loyihasi ijrosi o‘rganildi

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari ijrosi doirasida mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

📝 Shu munosabat bilan xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 22-iyundagi III-30-54-14-202-K/26-sonli “Uchtepa tumanida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan belgilangan vazifalarning amaliy bajarilishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

💬 O‘rganish jarayonida mahallada yoshlar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, sport va madaniy tadbirlarning samaradorligi, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🇺🇿 Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "20-Xirmontepa" okrugi deputati Malikova Saodat Tolipovna, “Katta Cho'ponota” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Saatov Zoirbek Raxmonovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva ishtirok etdi.

📇 Uchrashuv davomida mahalladagi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni sport to‘garaklari, fan va kasb-hunar yo‘nalishidagi mashg‘ulotlarga keng jalb etish, band bo‘lmagan yoshlar bilan manzilli ishlash hamda ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚙️ O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mahallalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4