Янгиликлар

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Oqdaryo tumanida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.


✨ 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Oqdaryo tumanida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
🎖 Tadbir davomida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va bugungi farovon hayot yo‘lida fidokorona xizmat qilgan faxriylar, urush va mehnat fronti qatnashchilari chuqur hurmat va ehtirom bilan yod etildi.
🌹 Xotira maydoniga gullar qo‘yilib, Vatan ravnaqi uchun jon fido qilgan ajdodlarimizning porloq xotirasi ehtirom bilan eslandi. Tadbirda nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari hamda tashkilot va muassasalar faollari ishtirok etdi.
🎤 Ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar, she’r va kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, ajdodlarga sadoqat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladigan mazmunli dasturlar namoyish etildi.
🤝 Bunday ezgu tadbirlar xalqimizning birdamligi, inson qadri va xotiraga bo‘lgan yuksak ehtiromining yana bir yorqin ifodasidir.
📸 Tadbirdan yorqin lavhalar!

Slide 1 of 6