Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash deputati A.Mustafakulov hamda Kengash kotibiyati xodimlari shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limida bo‘lib, sohadagi holatni o‘rgandilar.
💬 Deputatlar va shahar tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, qonun hujjatlari ijrosini joylarda nazorat qilish hamda deputatlik nazoratini amaliy va samarali tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadbirda quyidagi masalalar tahlil qilindi:
🟢O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-360-sonli Qonuni doirasida amalga oshirilayotgan ishlar;
🟢mahalliy budjet mablag‘larining to‘g‘ri shakllantirilishi va maqsadli sarflanishi yuzasidan bo‘lim mutasaddilari bilan atroflicha suhbat olib borildi.
💬 Budjet mablag‘laridan foydalanishda shaffoflikni ta’minlash, iqtisodiy islohotlarning hududdagi natijadorligini oshirish hamda moliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan tahliliy ishlar ko‘rib chiqildi.
💬"Budjet — xalqning mulki, uning har bir so‘mi ochiq va shaffof sarflanishi shart!" - deya ta'kidladi Kengash raisi D.Normuradova.
🫥Mas'ullar moliya bo‘limi mas’ullariga budjet intizomiga qat'iy rioya etish, mablag‘larni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun eng ustuvor loyihalarga yo‘naltirish hamda qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz amal qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.