Янгиликлар

Inklyuziv muhit – e’tibor markazida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F. Xolmurotova hamda tuman hokimi maslahatchisi O. Norimova tomonidan tumandagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida obyektlardagi panduslar, maxsus kirish-chiqish yo‘laklari, sanitariya xonalari va xizmat ko‘rsatish jarayonining imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun qulayligi ko‘zdan kechirildi.

Bunday o‘rganishlar aholining barcha qatlamlari uchun teng imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy obyektlarda qulay va xavfsiz muhitni ta’minlash hamda inklyuzivlik tamoyillarini hayotga keng tatbiq etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5