Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🤝 Hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 12-Cho‘mishli–Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida Sherobod tumani Adliya bo‘limida hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📌 Uchrashuv davomida deputatlik faoliyati doirasida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, sayyor qabullar va huquqiy targ‘ibot tadbirlarini hamkorlikda tashkil etish, shuningdek, amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish masalalari muhokama qilindi.

💬 Tomonlar o‘zaro fikr almashib, hududlarda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan taklif va tashabbuslarni ko‘rib chiqdilar.

✅ Uchrashuv yakunida belgilangan yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish, amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish va aholi manfaatlariga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 5