Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Paxtaobod mahallasida tibbiy xizmatlar va dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

 Xalq demokratik partiyasidan saylangan 4-Paxtaobod saylov okrugi deputati O. Yuldoshev “Paxtaobod” mahallasi tibbiyot punktida bo‘lib, tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi.

🏥 Uchrashuv davomida muassasada aholiga yaratilgan sharoitlar hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi.

💉 Shuningdek, aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

📋 Yakunda mavjud faoliyatni yanada takomillashtirish va xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5