Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashiga "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan 20-“Azamat” saylov okrugidan saylangan deputat Pardayev Xusan Ne’matullayevich o‘z okrugi hududida joylashgan “Azamat” oilaviy shifokorlik punktida (OShP) bo‘ldi.
Deputat o‘rganish davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, dori-darmon ta’minoti va bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan muloqot qilib, ularni qiynayotgan muammolar va takliflarini tingladi. Аholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.