Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi kotibiyat mudiri X.Ibragimova, shahar kengashi deputati O‘zLiDeP a’zosi N.Uralova tomonidan 2026-yil 21-may kuni shaharning 15-daha hududida obodonlashtirish va ko‘p qavatli uylar atrofidagi yo‘laklar tozaligi o‘rganilgan vaqtda bir qator muammolar aniqlangan edi. Shulardan biri ushbu hududdagi ichimlik suv quvuri yorilib ketishi natijasida ichimlik suvi oqib, behudaga sarflanayotganligi aniqlangan edi. Bekobod shahar suv oqava tarmog‘i rahbari X.Gaybullayevga berilgan deputatlik murojaatiga o‘z vaqtida munosabat bildirilib, toza ichimlik suvi quvuri joriy ta’mirlandi hamda ichimlik suvini behuda sarflanishini oldi olindi. Deputatlik nazorati tadbirlari davom etmoqda.