Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputatlar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati bilan tanishdilar

🏛 Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlar I. Qodirova hamda S. Xidirovalar tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lishdi.

🔹 Tashrif davomida markaz faoliyati yaqindan o‘rganilib, aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarning tayinlanishi hamda to‘lanishi holatlari bilan tanishildi.

🔹 Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar va istiqboldagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Inson qadri, xalq manfaatlari va ijtimoiy himoya — doimo e’tibor markazida!

Slide 1 of 6