📌Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov hamda tuman Kengashi deputati N.Turdiyevlar tomonidan Yangi davr MFY yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🔷Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy muhit, fuqarolar bilan ishlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
🔷Jumladan, viloyat Kengashi deputati N.Soatov tomonidan mahalla xotin-qizlar faollariga ajrimlarni oldini olish, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash hamda oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish borasida tavsiyalar berildi.
🔷Shuningdek, yoshlar yetakchisiga yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda mavjud ish o‘rinlariga jalb etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.