Янгиликлар

O‘zLiDeP deputatlari tomonidan deputatlik nazorati olib borildi

O‘zLiDeP dan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputatlari U.Abduraxmanov, Y.Axmedov hamda kotibiyat xodimi B.Allaberganov tomonidan Amudaryo tumani Tashabbusli budjet 2026-yil 1-bosqichida g‘olib bo‘lgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalar o‘rganildi.

Jumladan, Amudaryo tumani Tosh yop OFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘liga yangi asfalt qoplamasi yotqizish ishlari deputatlik nazorati asosida ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida bajarilayotgan qurilish ishlari sifati, belgilangan muddatlarga amal qilinishi hamda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishiga alohida e’tibor qaratildi
Deputatlar tomonidan loyiha ijrosining shaffof va samarali amalga oshirilishi, aholi uchun qulay infratuzilma yaratish hamda yo‘l sifatini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3