Xalq deputatlari Bag'dod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi va sessiyada quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
1. Bag‘dod tumanida “Ayollar daftari”ning 6-bosqichini shakllantirish va muvofiqlashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Мajlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-52-V-sonli “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi huzurida ekspert guruhi tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori haqida.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, Farg‘ona viloyati Bag‘dod tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2025-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida tuman hokimi o‘rinbosari U.Yigitaliyevning hisoboti to‘g‘risida.
4. Bag‘dod tumanidagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini faoliyatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi tuzish to‘g‘risida.
Kun tartibidagi masalalar boʼyicha deputatlar tomonidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi. Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.