Tuman elektr ta’minoti korxonasi mutasaddi xodimlari tomonidan past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Mahallalar aholisiga yanada qulayliklar yaratish, ya’ni elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida yangi tayanch ustunlari o‘rnatilib, qo‘shimcha elektr tarmoqlari tortilmoqda.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 19-Imomboqi saylov okrugidan saylangan deputat Isroiljon Isaqov o‘z hududida davlat dasturlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlarini nazoratga olmoqda. “Oqsuv” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Imomboqi qishlog‘ining yuqori mahallasi aholisiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish uchun hozirda ma’naviy eskirgan TP o‘rniga yangi TP o‘rnatildi.
Xalq deputatlari
Uchko‘prik tumani
Kengashi kotibiyati