"Yangibo‘ston" mahallasida xalq vakillari, tuman Kengashi deputati Axrorjon Ibadullayev hamda viloyat Kengashi deputati Muxtaram Xasanovalar ishtirokida saylovchilar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida deputatlar o‘zining 2025-yilning 2-choragidagi faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi.
Uchrashuv doirasida deputatlar aholining turmush tarzini yaxshilash, dolzarb muammolarini o‘rganish hamda mavjud muammolarga joyida yechim topish maqsadida fuqarolar bilan bevosita muloqot olib bordi.
📣 Saylovchilar o‘z taklif va murojaatlarini deputatga yetkazishdi. Jumladan:
Yangi ish o‘rinlari yaratish,
Mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish,
Ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
✅ Deputat har bir masalaga jiddiy e’tibor qaratib, ayrim masalalar joyida hal etildi, qolganlari esa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilishi belgilandi.