🔹Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashi kotibiyatida tuman
Kengashining Korrupsiyaga qarshi
kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyaning
navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
🔹Yig'ilishda 2025-yilning o‘tgan
ikkinchi choragida O‘zbekiston tumanidagi davlat
organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash
amaliyoti holati yuzasidan tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i G‘.Sahobiddinovning axboroti eshitildi.
🔹Mazkur masala komissiya a’zolari va
mas’ullar tomonidan atroflicha muhokama etilib, aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etgan holda xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi
kun tartibiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Xalq deputatlari O'zbekiston tuman Kengashi