Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Коррупция – давлат ва жамият тараққиётига таҳдид” номли грант лойиҳаси доирасида тиббиёт ходимлари иштирокида йиғилиш ўтказилди
янв.21
“Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi 11-sessiyasi bo‘lib o‘tdi"
янв.21
“Ishbilarmon ayol – 2025”
янв.21
Amudaryo tumani hokimligida O‘zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Deputatlik nazorati olib borilmoqda”
янв.21
BOSHLANG‘ISH PARTIYA TASHKILOTLARINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
AMUDARYODA ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISH KUNIGA BAG'ISHLANGAN TADBIR TASHKIL ETILDI
янв.21
Deputatlik guruhining navbatdagi yig'ilishi
янв.21
So‘z va haqiqat posbonlariga ehtirom
янв.21
Ochiq muloqot jarayonida har bir muammoli masala alohida qayd etildi, yechim bo'yicha mas'ullarga topshirilar berildi.
Deputat Xursandova Dilshoda Abdullayevna 2025-yil 2-choragida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan axboroti

 #deputat_axboroti
#deputatlik_faoliyati 

️Deputat
Xursandova Dilshoda Abdullayevna 2025-yil 2-choragida amalga oshirgan faoliyati
yuzasidan axborot berdi 

📌 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati
Xursandova Dilshoda Abdullayevna 2025-yilning 2-choragida amalga oshirgan
faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi. 


Axborotda taʻkidlanishicha, deputat chorak davomida xalq deputatlari Yangihayot
tumani Kengashining oʻtkazilgan 10 ta sessiyasi va barcha doimiy komissiya
yigʻilishlarida ishtirok etib, hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan muhim
takliflar bildirib, tashabbuslarni ilgari surgan.  

🗣️ Shuningdek, tumanda olib borilayotgan ishlar samaradorligini
oshirish maqsadida turli korxona, tashkilotlar faoliyatini oʻrganib, aniqlangan
kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirib muammolarni bartaraf
etilishiga oʻz hissasini qoʻshib kelgan.  

Saylovchilar bilan ochiq
muloqotlarga alohida eʻtibor qaratilib, oʻz okrugida chorak davomida 10 ga
yaqin uchrashuvlar tashkil etilgan va uchrashuvlarda aholining 30-40 ga yaqin
muammo va dolzarb murojaatlarini koʻrib chiqib, ularni hal etishga muyassar
boʻlgan. Оilaviy yarashtiruvlar va hududning obodonlashtirish ishlarida faol
ishtirok etgan. 

🟢 Deputat mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni oʻrganish,
mavjud muammolarni joyida hal qilish, infratuzilma, taʻlim, sogʻliqni saqlash,
yoshlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarining murojaatlarini
eshitish va ularning yechimi ustida ishlashni oʻz faoliyatining ustuvor
yoʻnalishi sifatida belgilab kelmoqda.  

🔴 “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar,
joylardagi muammolarni birgalikda hal etish amaliyoti aholining deputatlik
vakolatlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlashda muhim omil boʻlib xizmat
qilmoqda.  

Slide 1 of 5