Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Коррупция – давлат ва жамият тараққиётига таҳдид” номли грант лойиҳаси доирасида тиббиёт ходимлари иштирокида йиғилиш ўтказилди
янв.21
“Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi 11-sessiyasi bo‘lib o‘tdi"
янв.21
“Ishbilarmon ayol – 2025”
янв.21
Amudaryo tumani hokimligida O‘zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Deputatlik nazorati olib borilmoqda”
янв.21
BOSHLANG‘ISH PARTIYA TASHKILOTLARINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
AMUDARYODA ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISH KUNIGA BAG'ISHLANGAN TADBIR TASHKIL ETILDI
янв.21
Deputatlik guruhining navbatdagi yig'ilishi
янв.21
So‘z va haqiqat posbonlariga ehtirom
янв.21
Ochiq muloqot jarayonida har bir muammoli masala alohida qayd etildi, yechim bo'yicha mas'ullarga topshirilar berildi.
“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili ro‘yobga chiqariladi

Bugungi kunda mamlakatimizda demokratik islohotlar tizimli amalga oshirilayotganini alohida e’tirof etish joiz.
Prezidentimizning ushbu Farmoni ham xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini tashvishga solayotgan dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha vakolatlarining takomillashayotgani, shuningdek, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari bir-biridan ajratilishi belgilanganligidan kelib chiqib, qabul qilingani bilan ahamiyatlidir. 

Binobarin, Farmonda mahalliy darajada xalq hokimiyatchiligini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, jumladan, jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish, fuqarolarning mahalliy
boshqaruvda keng ishtirok etishiga oid demokratlashtirish jarayonlarini mustahkamlash, ijro hokimiyati organlarining mahalliy xalq vakillari oldidagi hisobdorligini oshirish asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilandi. 

Shu o‘rinda xalqimiz manfaatlarini ta’minlash yo‘lida islohotlar o‘tkazish har doim ham oson kechmaganini qayd etish joiz. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi bilan boshlangan o‘zgarishlar bugun odamlar hayotini chinakam o‘zgartirdi, inson qadr-qimmatini yuksakka ko‘tardi. Aholi buni qalbdan his qilib turibdi.

Davlatimiz rahbari har bir chiqishlarida “xalqimiz bilan boshlagan demokratik islohotlar yo‘lini yanada qat’iy davom ettiramiz va bu yo‘ldan hech qachon ortga qaytmaymiz!” deya ta’kidlaydi. Qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, bu boradagi tashabbuslar bilan mamlakatimiz faqat oldinga qarab bormoqda. 

Albatta, bularning barchasi inson manfaatlarini ta’minlash, ularning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga xizmat qiladi.
Zero, xalqimiz ortga qaytmas islohotlar yo‘lidan sobitqadamlik bilan dadil ketmoqda.

tuman Kengashi deputati U.Akkulov