Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Amudaryo tumani hokimligida O‘zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Deputatlik nazorati olib borilmoqda”
янв.21
BOSHLANG‘ISH PARTIYA TASHKILOTLARINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
AMUDARYODA ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISH KUNIGA BAG'ISHLANGAN TADBIR TASHKIL ETILDI
янв.21
Deputatlik guruhining navbatdagi yig'ilishi
янв.21
So‘z va haqiqat posbonlariga ehtirom
янв.21
Ochiq muloqot jarayonida har bir muammoli masala alohida qayd etildi, yechim bo'yicha mas'ullarga topshirilar berildi.
янв.21
Nazarxon ovulining ijtimoiy-iqtisodiy rivoji mas'ullar diqqat markazida
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 10-sessiyasi to‘g‘risida AXBOROT
янв.21
“Yuzda yurma – yuzga kir” shiori ostida “Targ‘ibot avtokarvoni” ko‘rgazmali tadbiri tashkil etildi
KO‘KDALADA HAM TURIZM UCHUN IMKONIYATLAR KENG

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 19-20 iyun kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida hududda turizmni rivojlantirish bo‘yicha ham bir qator topshiriq va vazifalarni belgilab berdi.

Davlatimiz rahbari hududning turistik salohiyattlarini Ko‘kdala tumanidagi “Chiyal” dehqon bozori misolida ham tushuntirib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, “Chiyal” dehqon bozori hududida 50 ga yaqin tadbirkorlar Chiyal yaxnasini tayyorlab, sotadi. Bu 100 yillik an’anaga aylangan. Hozir bozor faqat yakshanba kuni ishlayapti. Agar sharoitni yaxshilab, mehmonxona va avtoturargoh qurilsa, ko‘p yillik tarixga ega bu joy kunlik rejimga o‘tib, oyiga 100 ming odamga xizmat qila oladi dedi. Ko‘kdalada Gastroturizmni rivojlanishi chiyalilik tadbirkorlar, chorvadorlar uchun keng imkoniyat eshiklarini ochadi, hududning iqtisodiy potensiali yanada rivojlanadi.

Albatta, Ko‘kdala hududida ham bunday imkoniyatlar keng. Hududda ayniqsa, gastro hamda agroturizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud. Bu salohiyatdan unumli foydalanilsa, kelgusida sayyohlik sohasi ham tumanning asosiy iqtisodiy tayanchlaridan biriga aylanadi.

Slide 1 of 1