Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Biz korrupsiyaga qarshimiz!” nomli grant loyihasi doirasida Qilichboy OFYda davra suhbati tashkil etildi
янв.21
Президент Фармони ижроси ва маънавий-маърифий ишларда самарадорлик масалалари муҳокама қилинди
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi.
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Депутат сайловчиларнинг долзарб муаммоларига эътибор қаратди
янв.21
Депутатлар биринчи ярим йиллик якуни бўйича сайловчиларга ҳисобот бермоқда
янв.21
“Коррупция – давлат ва жамият тараққиётига таҳдид” номли грант лойиҳаси доирасида тиббиёт ходимлари иштирокида йиғилиш ўтказилди
янв.21
“Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi 11-sessiyasi bo‘lib o‘tdi"
янв.21
“Ishbilarmon ayol – 2025”
янв.21
Amudaryo tumani hokimligida O‘zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
«Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida tumanda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha muvaqqat komissiyasining navbatdagi majlisi o‘tkazildi

Majlisda xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muvaqqat komissiyasi a’zolari, xalq deputatlari tuman Kengashining barcha doimiy komissiyalari raislari, hisobot beruvchi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-son Farmoni va 2024 yil 23 sentyabdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-330-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Muzrabot tumanida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha O‘zbekiston mahallalar uyushmasining tuman bo‘limi boshlig‘i A.R.Axmedov, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori J.B.Izzatullaev, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A.A.Yo‘ldoshev va Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza bashqarmasi Muzrabot tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasi direktor o‘rinbosari S.A.G‘ofurovlarning axborotlari eshitildi.

Ushbu majlis tanqidiy ruhda o‘tkazildi. Deputatlar tomonidan fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi hamda savollariga ma’ruzachilar tomonidan javoblar berildi. 

Slide 1 of 16