Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
янв.21
BOG‘ MAHALLASIDAGI YO‘L MUAMMOSI JOYIGA BORIB O‘RGANILDI.
янв.21
Мўл ҳосил сари муҳим қадам
янв.21
Мустақиллик байрамига туҳфа ЭРТАНГИ КУНГА ИШОНЧЛИ ИНВЕСТИЦИЯ
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Mazkur o‘rganish tadbiri Mazkur tadbir Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov,
Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati A.Mamatmuratov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan “Mirshodi” mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisining belgilangan vazifalarni bajarishi, yoshlar bilan ishlash samaradorligi, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, “Mahalla yettiligi” tizimi doirasida yoshlar yetakchisi va boshqa mas’ullar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning amaliy holati savolnoma asosida tahlil qilindi. Bunda yoshlarning murojaatlari bilan ishlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarning natijadorligiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida mavjud muammolar va ularning kelib chiqish sabablari muhokama qilinib, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ishsiz yoshlarni aniqlash va ularni bandlikka yo‘naltirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda “Mahalla yettiligi” doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilandi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar deputatlik nazorati doirasida nazoratga olinib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

🤝 Yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning tashabbus va imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda muammolarini o‘z vaqtida hal etish — mahalladagi muhim vazifalardan biridir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1