Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
NARPAY MAHALLASIDA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova Narpay mahallasida bo‘lib, mahalla xodimlari bilan uchrashdi hamda kam daromadli oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Suhbat davomida mahalladagi kam daromadli oilalarning ijtimoiy holatini o‘rganish, ularning mavjud muammolarini aniqlash, oilaviy daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, oilalarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularga manzilli yordam ko‘rsatish, mehnatga layoqatli oila a’zolarini ish bilan ta’minlash hamda daromad manbalarini shakllantirish orqali turmush sharoitini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida mahalla xodimlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etish yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganishlar aholi muammolarini manzilli hal etish, kam daromadli oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4