Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish 📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga asosan, "O'zXDP" partiyasidan 3-Usmon Yusupov saylov okrugidan saylangan deputat Mirsoat Mirsodiqov “Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari”ni yuritish holati bo'yicha o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida deputat tomonidan Tinchlik MFY hududida joylashgan Z.Nosirov ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi hamda maxsus daftarga qayd etildi.

Mazkur daftar aholi bilan yaqindan ishlash, hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni tizimli ravishda ro‘yxatga olish hamda tegishli tashkilot va muassasalarga yetkazish maqsadida yuritib kelinmoqda.

O‘rganish davomida:

⏩ Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar daftarga belgilangan tartibda kiritildi;

⏩ Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ul mutasaddilarga murojaatlar tayyorlandi;

⏩ Murojaatlar ijrosini nazorat qilish va natijadorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar belgilandi;

⏩Hal etilgan masalalar bo‘yicha qaydlar yuritilib, natijalar tahlil qilib borilmoqda.

✅ Yuborilgan murojaatlarning ijrosi doimiy nazoratga olinib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatiga muntazam ma’lumotlar taqdim etib borilmoqda.

Slide 1 of 2