Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
♿️ NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILADIGAN IMTIYOZ VA IJTIMOIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI




Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi raisi Abduvohid Turdiboyev tomonidan Chinoz tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy xizmatlar, imtiyoz va yengilliklarning amaldagi tartibda qo‘llanilishi, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, shuningdek, ehtiyojmand shaxslarga manzilli ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holatiga e’tibor qaratildi.
📊 Tumandagi holat:
🔹 Chinoz tumanidagi 40 ta mahalla fuqarolar yig‘inida 40 nafar ijtimoiy xodim faoliyat yuritmoqda.
🔹 Tumanda jami 3 065 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro istiqomat qiladi. Shundan:
— 339 nafari — I guruh;
— 2 345 nafari — II guruh;
— 381 nafari — III guruh.
♻️ O‘rganish jarayonida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ularning ehtiyojlarini aniqlash, belgilangan ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish masalalari tahlil qilindi.

❇️Shuningdek, ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligi, fuqarolar bilan individual ishlash, mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda aniqlash hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish amaliyoti ko‘rib chiqildi.

✅ Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlash, ularning bandligi va mehnat faoliyatiga jalb etilishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish, shuningdek, mustaqil hayot kechirishiga ko‘maklashish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

✍️O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli choralar belgilandi hamda ularning ijrosini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 3