Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#deputat_faoliyati
#kengash_raisi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 24-sonli oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat va dori ta’minoti o‘rganildi

Bandixon tumanida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish qamrovini kengaytirish hamda raqamli transformatsiya dasturlari doirasida qabul qilingan qarorlar ijrosini monitoring qilish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining raisi, 18-“Navro'z” saylov okrugidan saylangan deputat E.Jurayev tumandagi 5 406 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatib kelayotgan 24-sonli Oilaviy poliklinikasida bo‘lib, nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdi.

O‘rganish davomida poliklinikada aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish darajasi, raqamli axborot tizimlarining joriy etilishi hamda ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar atroflicha tahlil qilindi.

Alohida e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ambulator sharoitda ko‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida Sog‘liqni saqlash vazirining 2023-yil 13-oktabrdagi 41-sonli buyrug‘iga asosan 87 turdagi bepul dori-darmon vositalarining tarqatilish holatiga qaratildi.

Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmat samaradorligini yanada yuksaltirish bo‘yicha deputat tomonidan muassasa mutasaddilariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1