Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
TEZ TIBBIY YORDAM AVTOMOBILLARI HARAKATI UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH MASALASIDA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-«Bo‘ston» saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan saylov okrugidagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilish maqsadida Parkent tumani hokimi o‘rinbosari Sh. Akramovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
✅ So‘rovga nima sabab bo‘ldi?
Fuqarolar, mahalla nuroniylari va faollari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida «Bo‘ston» MFY, Ibn Sino ko‘chasida joylashgan Bo‘ston oilaviy shifokorlik punktining tez tibbiy yordam avtomobillari harakatlanadigan chiqish yo‘lagidagi asfalt qoplamasi o‘yilib, yaroqsiz holga kelgani masalasi ko‘tarilgan.
⚠️ Mazkur holat tez tibbiy yordam avtomobillarining erkin harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirishi, shoshilinch chaqiruvlarga o‘z vaqtida yetib borish hamda bemorlarni tibbiyot muassasalariga xavfsiz olib borish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
🛣 Shu munosabat bilan deputat tomonidan tez tibbiy yordam avtomobillari uchun mo‘ljallangan chiqish yo‘lagining yaroqsiz qismini ta’mirlash, transport vositalarining xavfsiz va to‘siqsiz harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalasi ko‘tarildi.
✅ Deputatlik so‘rovida mas’ul tashkilotlardan:
yo‘lakning mavjud holatini o‘rganish;
asfalt qoplamasini ta’mirlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rish;
rejalashtirilgan ishlar va ularni amalga oshirish muddatlarini belgilash;
mazkur masala bo‘yicha hozirga qadar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
➕ Aholi salomatligini muhofaza qilish, tez tibbiy yordam xizmatining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur infratuzilmani yaxshilash va fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlardagi dolzarb masalalarni o‘rganish, ularni mas’ul tashkilotlar oldiga qo‘yish va ijobiy yechim topilishi yuzasidan deputatlik nazoratini amalga oshirish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 1