Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
AHOLIGA O‘ZI VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 7-«Xisarak» saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich tomonidan saylov okrugi hududida joylashgan oilaviy shifokorlik punktida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔵 O‘rganishdan asosiy maqsad aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, tibbiy xizmatlar samaradorligi hamda muassasada fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar holatini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
✅ O‘rganish davomida bir qator ijobiy holatlar aniqlandi:
🟢 Raqamlashtirish yo‘nalishida tibbiyot xodimlari DMED elektron tizimiga to‘liq o‘tganligi, bu esa tibbiy xizmatlarni elektron shaklda tashkil etish va tegishli ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatlarini kengaytirayotgani qayd etildi.
🔵 Fuqarolar uchun qulayliklar yaratish borasida aholiga tibbiy kartalar to‘liq tarqatilganligi aniqlandi.
🔵 Tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari o‘rganilganda, muassasada aholiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish uchun yetarli sharoitlar yaratilgani kuzatildi.
🔵 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham ko‘zdan kechirilib, muassasa binosining mavsumga tayyorgarligi yaxshi ekani qayd etildi.
⚠️ Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida aniqlangan muammolar hamda ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashildi. Mazkur muammolarni vakolatli tashkilotlar e’tiboriga yetkazish va ularning amaliy yechimini ta’minlash maqsadida tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovlari yuborilishiga kelishib olindi.
🟢 Deputatlik nazorati — mavjud ijobiy tajribalarni e’tirof etish bilan birga, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi manfaatlarini himoya qilish va tibbiy xizmat sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganish, tibbiyot muassasalari faoliyatini tahlil qilish va fuqarolar uchun munosib sharoitlar yaratilishiga ko‘maklashish ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3