Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN SESSIYA OLDI O‘RGANISHI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-«Bo‘ston» saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan o‘z saylov okrugidagi «Qirg‘izovul» mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektori Maxmudov Ziyoddilla Zoxitjon o‘g‘li bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🟢 Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Parkent tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish, hududdagi kriminogen vaziyatni tahlil qilish hamda sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan mavjud holatni atroflicha ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.
🟢 O‘rganish jarayonida «Qirg‘izovul» MFYdagi jinoyatchilik holati va profilaktik ishlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning 9 oyi davomida mahallada oldini olish mumkin bo‘lgan 2 ta o‘g‘irlik jinoyati qayd etilgan. Shuningdek, hududda noqonuniy qurol saqlash bilan bog‘liq 1 ta jinoyat aniqlangan.
⚖️ Deputat tomonidan mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning mol-mulki daxlsizligini ta’minlash, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot va profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🟢 Shuningdek, profilaktika inspektorining mahallada jamoat tartibini saqlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, huquqbuzarlikka moyil shaxslar bilan manzilli profilaktik tadbirlarni tashkil etish borasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish muhimligi ta’kidlandi.
📊 Sessiya oldi o‘rganishi davomida aniqlangan holatlar kelgusida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash, mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish va mahallada osoyishta muhitni mustahkamlash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari tomonidan sessiya kun tartibidagi masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 2