Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📌 Maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazorati olib borildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 4-Uch yog‘och – Qarabog‘ saylov okrugi deputati K.Xashimova tomonidan “Qarabog‘” mahallasi hududida joylashgan 46-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazorati olib borildi.

📝 Nazorat davomida ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, shuningdek, muassasaning sanitariya va obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi.

👶 Shuningdek, bolalar xavfsizligini ta’minlash, ovqatlanish sifati, mavjud jihozlarning holati hamda tarbiyalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish hamda bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, bolalar manfaatlarini himoya qilish hamda sifatli ta’lim-tarbiya uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashga ko‘maklashishdir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4