Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish

Oltinsoy tumanidagi “Ipoq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ko‘p qavatli turar joylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda nazorat tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati X.Tavasharov hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalari holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, tozalik darajasi, mavjud muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining holati hamda ularning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni barvaqt aniqlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va turar joylarda zarur sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘rganishdan asosiy maqsad — aholi uchun xavfsiz va qulay yashash sharoitlarini yaratish, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda turar joylarda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolarning oldini olishdan iborat.

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘rganish ishlari izchil davom ettiriladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7