Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #Kengash_raisi #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Farxod” mahallasida O‘RQ–406-sonli Qonun ijrosi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar egallashi va ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishini ta’minlash deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Farxod” mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi hamda mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandilar.
O‘rganish davomida yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, yoshlar bilan individual ishlash, ularning muammolarini aniqlash va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, manzilli yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan oy davomida mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan:

1 nafar yoshning bandligini ta’minlashga ko‘maklashilgan;

2 nafar yoshga kontrakt to‘lovlari bilan bog‘liq masalalarda amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur natijalar yoshlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, ularni daromadli mehnatga jalb etish hamda ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning muhim yo‘nalishlari hisoblanadi.

Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ayniqsa, band bo‘lmagan yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish va doimiy ish bilan ta’minlash, ta’lim olish istagidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning murojaatlarini manzilli hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Deputatlik nazorati doirasida yoshlar yetakchisi faoliyatini takomillashtirish, belgilangan vazifalar ijrosini izchil davom ettirish va har bir yosh bilan individual ishlash muhimligi ta’kidlandi.

Yoshlar — mahalla taraqqiyoti va kelajak bunyodkorlari!