Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABDA ISITISH TIZIMI VA KO‘MIR SIFATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi raisi B. Bayanasov tomonidan Tinchlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 9-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasida sovuq mavsumni betalafot va barqaror o‘tkazish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, isitish tizimining texnik holati va sozligi, isitish uskunalarining ishlashga tayyorligi hamda maktabga olib kelingan ko‘mir zaxirasining sifati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, qish mavsumida o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun munosib sharoit yaratish, sinf xonalarida zarur haroratni ta’minlash hamda isitish tizimining uzluksiz ishlashiga qaratilgan tayyorgarlik ishlariga e’tibor qaratildi.

Ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishi o‘quv jarayonining uzluksizligini ta’minlash, o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish va pedagoglar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratishda muhim ahamiyatga ega.

Mavsumga tayyorgarlik holatini joyida o‘rganish orqali mavjud sharoitlarni baholash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan tegishli nazoratni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 3