Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #Kengash_raisi #kotibiyat_xodimi_faoliyati Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Mahallalarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash hamda xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikning barvaqt oldini olish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar Kengashning 23-"Pattakesar" saylov okrugi deputati T.Berdiyev saylov okrugiga qarashli “Pattakesar” mahallasida bo‘lib xotin-qizlar faolining amaliy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida” O‘RQ-561-sonli Qonuni asosida tahlil qilindi.

Mas’ullar tomonidan xotin-qizlar faolining amaliy ishlari atroflicha tahlil qilindi:

Tazyiq va zo‘ravonlik profilaktikasi: Oila-turmush munosabatlarida nizo va tazyiqqa uchragan xotin-qizlarni aniqlash hamda ularga "Himoya orderi" berilishi holati;

"Ayollar daftari": Daftarga kiritilgan xotin-qizlarga ijtimoiy, huquqiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatish manzilliligi;

Bandlik va tadbirkorlik: Ishsiz ayollarni daromadli mehnatga jalb etish, kasanachilik va hunarmandchilikka o‘qitish;

Oila ma’naviyati: Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ishlash hamda mahallada sog‘lom ijrosini muhitni shakllantirish.

O‘rganishlar yakunida deputat Xotin-qizlar faoliga mahalladagi har bir ayolning muammosiga bee’tibor bo‘lmaslik, nizo kelib chiqayotgan oilalar bilan barvaqt ishlash hamda O‘RQ-561-sonli Qonun ijrosini qat’iy ta’minlash bo‘yicha tegishli deputatlik tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.

Xotin-qizlar huquqi va oila barqarorligi — deputatlik nazoratida!