Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi
🗓 2026-yil 5-oktyabr kuni soat 14:00 da Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi tashkil etiladi.
📌 Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:
💎 Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari tomonidan deputat faoliyatiga oid 24 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha tavsiyalar ijrosini o‘rganish;
💎 Boshqa masalalar.
📍 Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari tomonidan deputatlik faoliyatining belgilangan tartib va tavsiyalarga muvofiqligi, deputatlarning o‘z vakolatlarini samarali amalga oshirishi hamda deputatlik odobi talablariga rioya etilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilinadi.
📣 Doimiy komissiya a’zolari va taklif etilgan deputatlardan yig‘ilishda o‘z vaqtida ishtirok etishlari so‘raladi.