“Mahalla yettiligi” faoliyatiga e’tibor qaratildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova hamda deputat O‘. Shukurov tomonidan Sh.Rashidov mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish jarayonida mahallada aholi bilan manzilli ishlash, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda oilalarning daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔹 Shuningdek, ehtiyojmand oilalar bilan individual ishlash;
🔹 bandlik va daromad manbalarini yaratish;
🔹 tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;
🔹 ijtimoiy muammolarni joyida aniqlash va hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan “mahalla yettiligi” faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.