Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТАДБИРКОРЛАР МУРОЖААТИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ЯНГИ ТУРИЗМ МАНЗИЛЛАРИ САРИ
янв.21
КУНЛИК ВАЗИФАЛАР ИЖРОСИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ.
янв.21
ИТТИФОҚ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ БИЛАН МУЛОҚОТ ВА МАНЗИЛЛИ ЎРГАНИШ
янв.21
НОГИРОНЛИГИ БЎЛГАН ШАХСЛАР БАНДЛИГИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ТАЯНЧ МАҲАЛЛАДА — БАРҚАРОР БАНДЛИК ВА ФАРОВОНЛИК САРИ
янв.21
УЙЧИНИНГ ТУРИСТИК САЛОҲИЯТИ — ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР МАНБАИ
янв.21
Уйчи туманида аҳолини камбағалликдан чиқариш, бандлигини таъминлаш ҳамда барқарор даромад манбаларини яратишга қаратилган ишлар изчил давом этмоқда.
янв.21
OG‘IR TOIFAGA TUSHGAN ITTIFOQ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА ЯНГИ ВАЗИФАЛАР БЕЛГИЛАНДИКАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА ЯНГИ ВАЗИФАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
24 TALIK TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA NAMANGAN SHAHAR

24 TALIK TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA NAMANGAN SHAHAR 

1-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABI KUTUBXONASINING MODDIY-TEXNIK BAZASI O‘RGANILDI

Namangan viloyati Kengashi Kotibiyati mudiri T. Gapparov, Namangan shahar Kengashi Kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va 

M. Abdulmajidovdan iborat ishchi guruh tomonidan haftalik ish reja ijrosi doirasida Namangan shahrining “Obi hayot” mahallasi hududida joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida kutubxonaning moddiy-texnik bazasi, kitob fondining mavjud holati va yangilanishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan mutolaa sharoitlari, axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlari hamda kutubxona faoliyatining samaradorligi atroflicha ko‘zdan kechirildi. 

Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasi va kutubxona xizmatlarini yanada takomillashtirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Pedagoglar va kutubxona xodimlari bilan o‘tkazilgan muloqotda o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning badiiy va ilmiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kitob fondini zamonaviy adabiyotlar bilan boyitish hamda o‘quvchilarning mustaqil mutolaa qilishi uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur o‘rganish ishlari mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta muhim yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar ijrosini ta’minlash, ta’lim muassasalaridagi mavjud sharoitlarni o‘rganish va aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqishga qaratildi. 

Shu bilan birga, Kengash doimiy komissiyalari kesimidagi 162 ta qonun hujjati va 154 ta qaror doirasida tegishli hujjatlar ijrosini o‘rganish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishning ahamiyati qayd etildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha kutubxonaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kitob fondini boyitish, o‘quvchilar uchun qulay mutolaa muhitini yaratish va kutubxona faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Ta’lim muassasalaridagi sharoitlarni o‘rganish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qonun hujjatlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5