Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
HAR BIR BITIRUVCHI — E’TIBORDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Sultonmurodov tomonidan mahalladagi bitiruvchi yoshlar bilan bevosita muloqotlar tashkil etilib, ularning kelgusidagi rejalari, qiziqishlari, kasbiy ko‘nikmalari, ishga bo‘lgan ehtiyoji hamda ta’limni davom ettirish istaklari o‘rganildi. Shuningdek, har bir yoshning oilaviy sharoiti va mavjud imkoniyatlari ham inobatga olinmoqda.

Suhbatlar davomida yoshlar va ularning ota-onalarining fikr-mulohazalari, taklif va muammolari tinglanib, bandlik masalasida duch kelayotgan to‘siqlarni aniqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, muayyan kasb yoki hunarga ega bo‘lmagan yoshlarni qisqa muddatli kasb-hunar kurslariga yo‘naltirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berish va mehnat bozoridagi talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarga jalb etish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi bitiruvchilarga tegishli imkoniyat va dasturlar haqida tushuntirishlar berish, o‘zini o‘zi band qilish orqali daromad topish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda mustaqil mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish choralari belgilanmoqda.

O‘rganishlar davomida aniqlangan har bir masala alohida nazoratga olinib, yoshlarning murojaat va takliflarini tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.

Slide 1 of 3