Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

JAMG‘ARMA MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISH VA MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI AJRATISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashining VII chaqiriq yigirma to‘rtinchi sessiyasida kun tartibidagi Sho‘rchi tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish hamda tuman mahalliy budjetining 2026-yil II chorak daromadlar rejasi ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i M. Chorshanbiyev so‘zga chiqib, jamg‘arma mablag‘larini yo‘naltirish hamda mahalliy budjetning daromadlar rejasi ortig‘i bilan bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish masalalari yuzasidan hisobot berdi.

Sessiya davomida mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, hududlarda mavjud infratuzilma muammolarini bartaraf etish, ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarni moliyalashtirish hamda budjet mablag‘larining sarflanishida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.

Mahalliy budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish — hududlarni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishning muhim omilidir.

✍️Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi Matbuot xizmati