Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
🚘UzAuto Motors xususiylashtirilishi – ochiqlik va raqobat mezoni

🔰#munosabat

🚘UzAuto Motors xususiylashtirilishi – ochiqlik va raqobat mezoni

🚗UzAuto Motors va UzAuto Powertrain korxonalarini sotib olishga AQSH, Janubiy Koreya va Xitoy investorlarining qiziqish bildirayotgani mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoatiga xalqaro investorlar e’tibori yuqoriligini ko‘rsatadi.
🚗Deputat sifatida ta’kidlash joizki, ushbu korxonalarni xususiylashtirish jarayonida shaffoflik, teng raqobat va milliy iqtisodiyot manfaatlari ustuvor bo‘lishi kerak. Ochiq savdo orqali investorlar uchun teng imkoniyat yaratish, aktivlarning haqiqiy qiymatini ta’minlash hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish muhim ahamiyatga ega.
🚗Eng asosiysi, xususiylashtirish shunchaki mulkdorni almashtirish bilan cheklanmasdan, avtomobilsozlikda raqobatni kuchaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yangi texnologiyalarni jalb etish va aholi uchun sifatli hamda raqobatbardosh mahsulotlar taklif qilinishiga xizmat qilishi lozim.

Ilhom Ro`ziyev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt