Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
🔰Ochiqlik va shaffoflik — deputatlar e’tiborida

🔰Ochiqlik va shaffoflik — deputatlar e’tiborida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Sh. Teshayev, tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida Qaravul mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 5-maydagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-369-sonli Qonuni ijrosi o‘rganildi.
⚡️O‘rganish davomida davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatining ochiqligini ta’minlash, aholini hududda amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan qarorlar hamda mavjud muammolar yuzasidan o‘z vaqtida va ishonchli axborot bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
⚡️Shuningdek, fuqarolarning axborot olish huquqini ta’minlash, mahalla faoliyatida oshkoralikni kuchaytirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etishning ahamiyati ta’kidlandi.
⚡️Deputat Sh. Teshayev ochiqlik va shaffoflik davlat organlari faoliyatiga nisbatan aholi ishonchini mustahkamlashning muhim omili ekanini qayd etib, qonun talablariga rioya etilishi, axborotlarning o‘z vaqtida va tushunarli shaklda yetkazilishi hamda fuqarolar murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashilishi zarurligini ta’kidladi.
⚡️O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, qonun ijrosini ta’minlash hamda belgilangan vazifalarning bajarilishi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.
⚡️Ochiqlik — ishonch garovi, deputatlik nazorati esa qonun talablarining amalda ta’minlanishiga xizmat qiladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 4