Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
🔽Giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurash — jamiyat xavfsizligi kafolati.

🔰#munosabat

🔽Giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurash — jamiyat xavfsizligi kafolati.

🏦Surxondaryo viloyatida qariyb 42 kilogramm opiy moddasining musodara qilinishi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash borasidagi muhim natijasidir.
🏦Giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi yoshlar kelajagi, aholi salomatligi va jamiyat xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi. Ayniqsa, avval ham shu turdagi jinoyatlar uchun sudlangan shaxslarning yana bunday faoliyatga qo‘l urishi muammoga qarshi kurashni yanada qat’iy va izchil olib borish zarurligini ko‘rsatadi.
🏦Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida katta miqdordagi narkotik moddaning noqonuniy muomalaga kirishining oldi olingani tahsinga loyiq. Bunday jinoyatlarga qarshi kurashishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bir qatorda, mahalla faollari, ta’lim muassasalari va keng jamoatchilikning hamkorligi ham muhim ahamiyatga ega.
🏦Deputat sifatida fikrim qat’iy: giyohvandlik vositalari savdosiga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, yoshlarni bu illatdan asrash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish barchamizning umumiy vazifamizdir. Zero, giyohvandlikdan xoli jamiyat — sog‘lom va farovon kelajak garovidir.

Ortiq SHerov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi,

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt