Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Azimov tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar hamda hududdagi ijtimoiy ahvolni o‘rganish jarayonida aniqlangan muammo yuzasidan navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida Sunbula MFY, Habibiy ko‘chasi 22-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro M.Sultonova xonadonining ta’mirtalab holatga kelib qolgani aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy xodim tomonidan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali xonadonni ta’mirlash uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, elektron tizim orqali mablag‘ ajratilgan bo‘lsa-da, ta’mirlash ishlari hanuzgacha boshlanmagan.

Mazkur masalaga amaliy yechim topish, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanilishini ta’minlash hamda fuqaroning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida deputat tomonidan Qo‘qon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori J.Mirzayev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida fuqaro M.Sultonovaning xonadonini ta’mirlash bo‘yicha hozirga qadar amalga oshirilgan ishlar, mavjud kechikish sabablari hamda muammoni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida batafsil ma’lumot berish so‘raldi.

Shuningdek, xonadonni ta’mirlash ishlarini qachon va qanday tartibda yakunlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda murojaat yuzasidan asoslantirilgan javob taqdim etish masalasi ko‘tarildi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan. Deputatlik so‘roviga qonunchilikda belgilangan muddatda javob olinishi va muammoning amaliy hal etilishi yuzasidan tegishli ishlar kuzatib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2