Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Бепул ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш сифати ўрганилди.
янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
Tuman tibbiyot birlashmasida yaratilgan sharoitlar va moddiy-texnik baza o‘rganildi

#24_ta_masala

Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Baxrom Ismoilovich, Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Suyarov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Oblanov bilan birgalikda Nurobod tumani tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad tibbiyot muassasasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, muassasaning moddiy-texnik bazasi hamda mavjud tibbiy uskunalarning holatini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

O‘rganish davomida tibbiyot birlashmasida bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonining tashkil etilishi, mavjud tibbiy apparatlar va zamonaviy diagnostika uskunalarining holati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, tibbiy jihozlardan samarali foydalanish, ularning soz holatda ishlashini ta’minlash hamda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, muassasaning moddiy-texnik imkoniyatlari, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, bemorlar uchun qulay sharoitlarni yaxshilash hamda mavjud ehtiyojlarni aniqlash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Ta’kidlanganidek, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlash va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish aholi salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega.

Tashrif davomida sog‘liqni saqlash sohasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
✅Telegram |✅Facebook |🌐Web-sayt | 🌐Instagram

Slide 1 of 6