Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ТАДБИРКОРЛАР МУРОЖААТИ ЭЪТИБОРДА
янв.21
ЯНГИ ТУРИЗМ МАНЗИЛЛАРИ САРИ
янв.21
КУНЛИК ВАЗИФАЛАР ИЖРОСИ МУҲОКАМА ҚИЛИНДИ.
янв.21
ИТТИФОҚ МАҲАЛЛАСИДА АҲОЛИ БИЛАН МУЛОҚОТ ВА МАНЗИЛЛИ ЎРГАНИШ
янв.21
НОГИРОНЛИГИ БЎЛГАН ШАХСЛАР БАНДЛИГИ — ЭЪТИБОР МАРКАЗИДА
янв.21
ТАЯНЧ МАҲАЛЛАДА — БАРҚАРОР БАНДЛИК ВА ФАРОВОНЛИК САРИ
янв.21
УЙЧИНИНГ ТУРИСТИК САЛОҲИЯТИ — ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР МАНБАИ
янв.21
Уйчи туманида аҳолини камбағалликдан чиқариш, бандлигини таъминлаш ҳамда барқарор даромад манбаларини яратишга қаратилган ишлар изчил давом этмоқда.
янв.21
OG‘IR TOIFAGA TUSHGAN ITTIFOQ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА ЯНГИ ВАЗИФАЛАР БЕЛГИЛАНДИКАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ БЎЙИЧА ЯНГИ ВАЗИФАЛАР БЕЛГИЛАНДИ
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
19¹-modda
🏫 MAKTABLARDA TA’LIM SIFATI VA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA


📋 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi qaroriga asosan Sherobod tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati, qonunchilik hujjatlari ijrosi, obodonlashtirish ishlari, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda o‘quvchilar davomatining holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi.

👥 Ishchi guruhi tomonidan belgilangan vazifalar doirasida ta’lim muassasalaridagi mavjud holatni o‘rganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

🏫 O‘rganishlarning navbatdagi manzili 8-sonli umumta’lim maktabi bo‘ldi. Ishchi guruhi maktabga tashrif buyurib, ta’lim muassasasining umumiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🤝 Tashrif davomida maktab v.b direktori I.Sattorov bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim sifati va o‘quvchilarning davomatini ta’minlash, maktab hududini obodonlashtirish, mavjud moddiy-texnik bazadan samarali foydalanish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🔎 Shuningdek, maktabda qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish ishlari davomida aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 4