Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”ҲОЖИОБОД” МАҲАЛЛАСИДА ЯНГИ ЛОЙИҲАЛАР — ЗАМОНАВИЙ ҚИЁФА САРИ
янв.21
ДЕПУТАТ СЎРОВИ ИЖОБИЙ ҲАЛ ЭТИЛДИ.
янв.21
МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТИДАГИ ШАРОИТЛАР ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ: ТОМОРҚАДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШ — ОИЛАВИЙ ДАРОМАД МАНБАИ
янв.21
DEPUTAT XONADONBAY O‘RGANISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“МУСТАҚИЛЛИК БОҒИ” ЗАМОНАВИЙ КЎРИНИШГА КЕЛТИРИЛАДИ
янв.21
ХОТИН-ҚИЗЛАР БАНДЛИГИ ТАЪМИНЛАНИБ, ЯНГИ МАРКАЗ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛДИ.
янв.21
ФУҚАРОЛАР МУРОЖААТИ АСОСИДА КЎЧАЛАРНИ ОБОДОНЛАШТИРИШ ИШЛАРИ ЎРГАНИЛДИ.
янв.21
DEPUTAT  BOG‘ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORDI
янв.21
BOG‘ MAHALLASIDAGI YO‘L MUAMMOSI JOYIGA BORIB O‘RGANILDI.
Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi

#kunlik_ish_reja_ijrosi #murojaatlar_daftari #Haftalik_ish_reja_ijrosi #nazorat_tahlil #deputat_faoliyati #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik

Navro‘z mahallasida saylovchilar murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 7-Navro‘z saylov okrugidan saylangan deputat K.Umirov o‘z saylov okrugidagi “Navro‘z” mahallasida mahalla raisi bilan birgalikda ko‘cha-ko‘cha yurib, hududdagi mavjud muammolar va fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida xonadonlar holati, hududdagi obodonlashtirish ishlari, ichki yo‘llar, elektr ta’minoti, ichimlik suvi va boshqa infratuzilmaga oid masalalar yuzasidan fuqarolarning fikr va takliflari tinglandi.

Aniqlangan muammolar hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar murojaatlar daftariga belgilangan tartibda qayd etildi. Har bir murojaat bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, muammolarning yechimini topish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularning ijrosini nazorat qilib borish belgilandi.

Deputat tomonidan saylovchilar bilan bunday bevosita muloqotlarni muntazam davom ettirish, hududdagi muammolarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2